Ta'lim Grantlari – Adolatli va Shaffof Taqsimoti
GPA 3.5 va undan yuqori bo‘lgan talabalar HEMIS orqali tizimga krib ariza topshirishlari va 2025-yil 25-avgustgacha natijalarni kuzatishlari mumkin
Arizalar soni
Endi grantlar faqat bilim va faollikka asoslanadi. Video qo'llanmada batafsil ma'lumotga ega bo'lasiz
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat yoki magistratura bosqichida kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan, o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 86 balldan yuqori bo‘lgan (4 ballik tizimda kamida 3,44) talabalar grantga ariza topshirish huquqiga ega. Arizalar belgilangan muddat va tartib asosida maxsus onlayn platforma orqali qabul qilinadi.
Talabalar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:Akademik ko‘rsatkich (GPA) – 80 ballgacha Ijtimoiy faollik – 20 ballgacha Ijtimoiy faollikni tasdiqlovchi hujjatlar (sertifikat, faxriy yorliq, tavsiyanoma va boshqalar) belgilangan muddatda onlayn tizimga yuklanadi. Ballar komissiya tomonidan shu hujjatlar asosida belgilanadi.
Baholash natijalari asosida har bir talabaning umumiy balli hisoblab chiqiladi va reyting jadvali shakllantiriladi. Ushbu reyting asosida grantlarni taqsimlash bo‘yicha takliflar tuziladi va 1-avgustga qadar Oliy ta’lim muassasasi huzuridagi Maxsus komissiyaga ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi. Komissiya yakuniy qarorni qabul qiladi va grantlar tasdiqlanadi.
Talabalar
Arizalar
Qabul qilinga
Rad etilgan
Quyida oliy ta’lim muassasalarida grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi bo‘yicha tez-tez so‘raladigan savollar va ularning rasmiy, aniq javoblari keltirilgan
Oliy ta’lim muassasasida o‘qiyotgan va GPA (o‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi) 86 balldan yuqori bo‘lgan (4 ballik tizimda kamida 3,44) bakalavriat yoki magistratura talabalari ariza topshirishi mumkin.
Arizalar faqat onlayn platforma orqali, belgilangan muddatda elektron shaklda qabul qilinadi. Ariza topshirishda shaxsiy ma’lumotlar, o‘qish natijalari va ijtimoiy faollikka oid hujjatlar kiritiladi.
Talaba o‘zining ijtimoiy, madaniy, ilmiy yoki sport sohasidagi faolligini tasdiqlovchi hujjatlarni (sertifikat, faxriy yorliq, tavsiyanoma va h.k.) onlayn platformaga yuklashi shart. Ushbu hujjatlar asosida maxsus komissiya tomonidan ball qo‘yiladi.
Ha, agar talabalar ariza berish uchun belgilangan talablarni bajarmasa yoki taqdim etilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmasa, arizalar rad etilishi mumkin.
O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti haqida barcha rasmiy ma’lumotlarni institutning veb-sayti va Telegram kanali orqali kuzatib boring.